KONDITSIONERLASH TIZIMI STANDARTLARI

27 09.2023

Konditsionerlash tizimining standartlariga o’tishdan va ularning afzalliklarini aniqlashdan oldin, birinchi navbatda, “konditsioner” tushunchasini va nima uchun xonaga o’rnatilganligini tushunib olish zaruru.

Konditsioner qulay sharoit va ichki iqlimni yaratish va saqlash uchun mo’ljallangan. Bu normallashtirilgan va zarur bo’lgan ichki iqlimni ta’minlaydigan ma’lum bir harorat va namlikdan iborat. Shunday qilib, konditsionerlash tizimi xonada odamlarning farovonligini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu tizim yordamida xonadagi iqlim ob-havo sharoitiga qarab sozlanadi. Masalan, issiq paytda harorat pasayadi, sovuq paytda esa konditsioner yordamida havoni isitish mumkin.

Bugungi kunda har qanday shaharni konditsionersiz tasavvur qilish qiyin. Masalan, Toshkent kabi yirik shaharlarda deyarli har bir bino, xoh turar-joy, xoh ishlab chiqarish binolari bo’lsin iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, sifatli konditsioner bilan ta’minlanishi shart.

Lekin qaysi konditsioner tizimini tanlash kerak? Bu savolga ofisda ham, uyda ham qulay sharoitlarni ta’minlashni istagan har bir kishi duch keladi. Kompaniyamiz konditsioner tizimini sotib olish va o’rnatishdan oldin sizga o’z maslahatlarini beradi. Mutaxassislarimiz maslahati orqali siz barcha quvvat va o’lchamlarga mos keladigan konditsionerlash tizimini topasiz.

Ventilyatsiya uskunalarimiz qat’iy ravishda xalqaro standartlar mezonlari va me’yorlariga muvofiq ishlab chiqariladi. Xonaning kattaligi va ularning maqsadiga qarab turli xil funktsional maqsadlardagi konditsionerlarning keng assortimentini taklif etamiz.

Qidiruv
Arizani qoldiring

    Скачать каталог

      (Ру) Спасибо!

      (Ру) Наш менеджер свяжется с вами в ближайшее время.

      (Ру) Скачать каталог - 1

      (Ру) Скачать каталог - 2