STATIK BOSIM KAMERASI СБК
Statik bosim kamerasi SBK yoki adapter (plenum) turar-joy va jamoat binolarining havosini shamollatish va havoni bir xil saqlab turish tizimlarida qo‘llaniladi, havo taqsimla-gichlarni (ventilyasion panjaralar yoki diffuzor-larni) havo o‘tkazgichlar tizimiga ulash uchun mo‘ljallangan va havo oqimini havo taqsimlagich kesimi bo‘ylab bir tekis taqsimlashni ta’minlaydi.
Statik bosim kamerasi SBK yoki adapter (plenum) turar-joy va jamoat binolarining havosini shamollatish va havoni bir xil saqlab turish tizimlarida qo‘llaniladi, havo taqsimla-gichlarni (ventilyasion panjaralar yoki diffuzor-larni) havo o‘tkazgichlar tizimiga ulash uchun mo‘ljallangan va havo oqimini havo taqsimlagich kesimi bo‘ylab bir tekis taqsimlashni ta’minlaydi.
SBK ichida dinamik havo oqimining tezligi kamaytirilganligi va havo taqsimlagichning butun yuzasiga haavo massalaarining statik bosimi oshirilganligi natijasida havo oqimi bir tekis taqsimlanadi. SBK kirishida havoning tezligi keskin pasayadi, tezligi o‘zgarib turadigan havoni hosil qiladi, shu sababli dinamik bosim minimumgacha kamayadi, statik bosim aksincha taxminan to‘liq bosimga teng qiymatgacha tiklanadi va oqim barqarorlashadi. SBK magistral havo o‘tkazgich yoki uning tarmoqlariga standart o‘lchamdagi aylana kesimli qisqa truba(lar) yordamida ulanadigan ruhlangan po‘latdan yasalgan metall qutidan iborat bo‘ladi. Kamera ichida tezligi o‘zgarib turadigan maydon uzunligini sezilarli darajada kamaytirish uchun qo‘shimcha tarzda to‘g‘rilovchi qurilma (perforatsiyalangan varaq ko‘rinishdagi maydalagich, keskich) o‘rnatilishi mumkin. Statik bosim kamerasi ichidan issiqlik izolyasiyasi va tovush yutuvchi material qatlami bilan qoplanishi mumkin, bunday qoplama tarmoq bo‘ylab havo taqsimlagichga keladigan shovqinni kamera bilan pasaytirish samarasini qo‘shimcha tarzda 6-8 dBga (ayniqsa yuqori chastotalarda) kuchaytiradi, shuningdek o‘tuvchi havoning sovuqlik (issiqlik) darajasi yo‘qolishini qisqartiradi va shudring nuqtasidan past haroratda bo‘lgan yuzada kondensatning hosil bo‘lishining oldini oladi. Statik bosim kamerasini qurilish konstruksiyasiga montaj qilish metall trosslar yordamida yoki kameraga o‘rnatilgan montaj ilmoq orqali rezbali shpilkalar yordamida amalga oshirilaadi. Ichidan qadab qo‘yiladigan shift kamera montaj qilingandan keyin o‘rnatiladi. Statik bosim kamerali tirqichli panjaralar kameraga samorez yordamida panjara mahkamlanadigan yig‘iladigan konstruksiyadan iborat. Ishlab chiqaruvchi korxona o‘zida mahsulot konstruksiyasi (tuzilishi)ga o‘zgartirishlar, shu bilan birga yomonlashtirmaydigan asosiy texnik va funksional parametrlarni kiritish huquqini qoldiradi.
Модел | А, мм | В, мм | Н, мм | D, мм | n, шт |
КСД 50 | 150-2000 | 50-250 | 200-500 | 100-400 | 1-4 |
КСД 90 | |||||
КСД 130 | |||||
КСД 170 | |||||
КСД 210 | |||||
КСД 250 |
(Ру) Наш менеджер свяжется с вами в ближайшее время.
➥ (Ру) Скачать каталог - 1➥ (Ру) Скачать каталог - 2